
Pokistonda noma’lum shaxslar Afg‘oniston elchisining qizini o‘g‘irlab ketdi va qattiq qiynoqqa soldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Silsila Alihayl uyiga ketayotganida olib qochilgan va bir necha soat davomida qiynoqqa solingan.
"Asirlikdan ozod qilinganidan so‘ng Alihayl xonim shifoxonada davolanmoqda", – deyiladi xabarda.
Pokiston tashqi ishlar vazirligi ushbu xabarni tasdiqlagan. Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi Pokiston hukumatini elchixona xavfsizligini ta’minlash uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqirgan.
Shuningdek, qizni o‘g‘irlab ketganlar zudlik bilan topilishi va javobgarlikka tortilishini so‘ragan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar