09:55 / 19.07.2021
2 614

Afg‘oniston hukumati va toliblar sulh haqida kelisha olmadi


Shu bilan birga, tomonlar fuqarolik infratuzilmasini himoya qilishga va tinch aholi halok bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka kelishib oldi.

Doha (Qatar)dagi ikki kunlik muzokaralarda Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati delegatsiyalari Hayit bayrami vaqtida qisqa muddatli sulh tuzish yoki asirga olingan toliblarning ozod qilinishi bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda 18 iyul, yakshanba kuni “Tolibon”ning Qatardagi siyosiy ofisi vakili Muhammad Nayim Twitter’da xabar berdi.

“Ba’zi ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Dohada ikki kunlik yuqori darajadagi afg‘onlararo uchrashuvda bir necha kun davomida o‘t ochishni to‘xtatish yoki ayrim asirlarning ozod qilinishiga kelishib olingan. Ushbu ma’lumot to‘g‘ri emas. Bunday kelishuvga erishilmadi", dedi u.

Qo‘shma bayonotga ko‘ra, tomonlar faqat muzokaralarni yuqori darajada davom ettirishga kelishib oldi. Shuningdek, barcha uchun maqbul yechimga erishish maqsadida tinchlik jarayonini tezlashtirishga intilish borligi haqida e’lon qilindi. Bundan tashqari, delegatsiyalar tinch aholi orasida yo‘qotishlardan qochishga va gumanitar yordamni yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik qilishga rozi bo‘ldi.

15 iyul kuni uch oylik sulh evaziga toliblar Kobuldan 7 ming nafar asirga olingan jangarini qaytarishni talab qildi. Dohada Afg‘oniston hukumati delegatsiyasining a’zosi Nodir Nodiriy toliblar bilan muzokaralarda buni jiddiy talab deb atadi.
“Biz 5 ming toliblarning ozod qilinishi vaziyatni yaxshilamaganini, hatto uning yanada avj olib ketganini ko‘rdik”, dedi Nodiriy.

Hozirgi vaqtda Afg‘onistondagi vaziyat amerikaliklar tomonidan harbiy kontingentning mamlakatdan olib chiqib ketilishi fonida keskinlashgan. “Tolibon” harakati a’zolari bir necha aholi punktlarini, shu jumladan Tojikiston bilan chegaradagi hududlarni egallab oldi.

AQSH harbiylari 2001 yildan beri Afg‘onistonda bo‘lgan, ular mamlakatga kichik Jorj Bush prezidentligi vaqtida olib kirilgan. Qo‘shinlarning olib chiqib ketilishi may oyi boshida boshlandi, jarayonni avgust oyi oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston hukumati va toliblar sulh haqida kelisha olmadi