
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘nlab mamlakatlarda koronavirusning «lambda» shtammi tarqalishini qayd etgan. Bu haqda JSST Favqulodda kasalliklar bo‘limi texnik guruhi rahbari Mariya van Kerkxove ma’lum qildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bildirishicha, shu yilning iyun oyida COVID-19ning yangi turi — «lambda» shtammi keng tarqala boshlagan. Ushbu shtamm birinchi marta 2020 yil dekabrida Peruda ro‘yxatga olingandi.
«Ushbu shtamm hozirgi kunda 30 dan ortiq mamlakatda aniqlangan, asosan Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlarida tarqalmoqda», — deb yozdi JSST vakili «Twitter»dagi sahifasida.
Van Kerkxovening qo‘shimcha qilishicha, tashkilot «lambda» shtammini sinchkovlik bilan o‘rganmoqda. Shuningdek, JSSTga a’zo davlatlarda koronavirusning ushbu turi tarqalishi to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish maqsadida izchil ishlar olib bormoqda.
Jahon Sog‘liqCOVID-19Lambda ShtammiMamlakatlarda TarqalishJSST TashkilotiPeruda Ro‘yxatga Olish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar