18:20 / 23.07.2021
2 212

Olimlar: COVID-19’ga chalingan odamlarda antitanalar bir yildan uzoq saqlanib qolishi mumkin


Koronavirusga chalingan odamlarda antitanalar bir yildan ko‘proq vaqt davomida saqlanib qolishi mumkin. Finlyandiya sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish milliy instituti olimlari shunday xulosaga keldi, deb yozadi «RBK».

Tadqiqotchilar COVID-19’ga chalinib, tuzalgan kishilardagi antitanalarni olti oy va bir yildan so‘ng tekshirdi.
Tadqiqot ishtirokchilarining 97 foizi kasallikdan bir yil o‘tib, neytrallovchi IgG antitanalarini saqlab qolgan. Biroq antitanalar miqdori olti oy oldingiga nisbatan taxminan uchdan bir qismga kamaygan.

Tadqiqotda 2020 yil bahorida koronavirus bilan kasallanganlar ishtirok etgan. Ular kasallikka qayta chalinmagan va koronavirusga qarshi emlanmagan edi. Kasallanishdan olti oy o‘tgach, 1292 kishining antitanalari tekshirildi, bir yildan so‘ng esa 367 kishi testdan o‘tdi.

Olti oydan so‘ng testdan o‘tganlarning 15 foizi va bir yildan so‘ng testdan o‘tganlarning 13 foizi kasallikning og‘ir shaklini boshdan kechirgan va kasalxonaga yotqizilgan kishilar edi. Ushbu bemorlarda antitanalar darajasi kasallikni yengil o‘tkazgan bemorlarga qaraganda ancha yuqori bo‘lib chiqdi. Kasallikni og‘ir o‘tkazgan bemorlarning barchasida bir yil o‘tib, neytrallovchi antitanalar borligi aniqlandi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, koronavirusning yangi shtammlaridan himoyalanish darajasi, ayniqsa ilgari kasallikni yengil o‘tkazgan bemorlarda ancha past. Fevral oyida Avstriyadagi Insbruk tibbiyot universiteti olimlari koronavirus bilan kasallanishdan keyingi immunitet kamida sakkiz oy davom etishini aytgan. Ularning tadqiqotlarida  ishtirok etganlarning deyarli 90 foizida ushbu muddatda antitanalar topilgan.

Keyinchalik olimlar 160 kundan oshsa ham koronavirusdan tuzala olmagan leykemiyaga chalingan uch bemorning ma’lumotlarini o‘rganib chiqdi va immuniteti zaif bo‘lgan bo‘lgan organizmlarda COVID-19 mutatsiyalari antitanalarga qarshi turishi mumkin degan xulosaga keldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar: COVID-19’ga chalingan odamlarda antitanalar bir yildan uzoq saqlanib qolishi mumkin