23:58 / 27.07.2021
3 066

Afg‘oniston mudofaa vazirligi toliblarga qarshi operatsiyalar boshlanishini ma’lum qildi


Yaqin vaqt ichida Afg‘oniston armiyasi “Tolibon” harakati egallab olgan hududlarni qaytarib olish bo‘yicha operatsiya boshlaydi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Bismilloh Xon Muhammadiy ma’lum qildi.

"Qarshi hujum qilish uchun kuchlarimizni tayyorladik va ular qator tumanlarni ozod qildi. Toliblar faollashdi, ammo hukumat kuchlariga qarshilik ko‘rsatolmadi. Yaqin vaqt ichida toliblar egallab olgan hududlarni qaytarib olish bo‘yicha operatsiyalar boshlanadi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Tolo News telekanali.

Muhammadiy tez orada "Tolibon" jangarilari egallab olgan barcha tumanlar qaytarib olinishiga va’da berdi.
O‘z navbatida, Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulla Muhib "Tolibon"ning vaqtinchalik muvaffaqiyati NATO qo‘shinlari olib chiqib ketilishi tufayli paydo bo‘lgan bo‘shliq oqibati ekanligini aytdi.

"Biz o‘z vaqtida qurol-yarog‘ yetkaza olmagan tumanlar boy berildi. Toliblar yaqinda charchaydi, bu esa ularni muzokaralarda muloqot boshlashga majbur qiladi", - dedi u.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston mudofaa vazirligi toliblarga qarshi operatsiyalar boshlanishini ma’lum qildi