19:25 / 28.07.2021
2 650

Rossiyaga boruvchi o‘zbekistonliklar 1 sentabrdan maxsus mobil ilovadan foydalanishi kerak bo‘ladi


Foto: «RIA Novosti»
O‘zbekiston laboratoriyalari «Puteshestvuyu bez COVID-19» («COVID-19’siz sayohat qilaman») ilovasiga qo‘shildi, PZR-testini 87 punktda topshirish mumkin deb xabar bermoqda Spot ushbu servisni ishlab chiqqan Yevrosiyo taraqqiyot bankining Raqamli tashabbuslar jamg‘armasiga tayanib.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 1 sentabrdan boshlab Rossiyaga Ozarbayjon, Moldova, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston hududlaridan kelganlar uchun ushbu ilovadan foydalanish majburiy bo‘ladi.

Bugungi kunda ushbu ilovadan Rossiyaga kelishda Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a’zo mamlakatlar: Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hududlaridan kelganlar tomonidan faol foydalanilmoqda. Foydalanuvchilar ushbu ilovani 530 ming martadan ko‘proq yuklagan va u orqali 600 mingdan ortiq PZR-test natijalarini olgan.

Keyinchalik ilovada aks etishi uchun tahlillarni 1942 punktda topshirish mumkin. Armanistonda 62 ta punkt ochilgan, Belarusda — 48 ta, Qozog‘istonda — 424 ta, Qirg‘izistonda — 144 ta, Rossiyada —1100 ta, Tojikistonda — 77 ta, O‘zbekistonda — 87 ta. Ilovani App Store, Google Play va AppGallery (Huawei ilovalar do‘koni)da yuklab olish mumkin.

«Puteshestvuyu bez COVID-19» ilovasining vazifasi — koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarning mamlakatlar o‘rtasida erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash.

Raqamli yechim kasallik tarqalish xavfini kamaytiradi va davlatlararo darajada ishonchli boshqaruv tizimini ta’minlaydi.
Shu bilan birga, dasturning o‘ziga xosligi shundaki, transchegaraviy ma’lumotlar almashinuvi paytida fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari uzatilmaydi. Barcha ma’lumotlar faqat test o‘tkazilgan milliy darajada qoladi. Natijada shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash faqat milliy qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaga boruvchi o‘zbekistonliklar 1 sentabrdan maxsus mobil ilovadan foydalanishi kerak bo‘ladi