18:30 / 02.08.2021
3 688

Turkmaniston prezidenti yangi qiruvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi


Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Bolqon viloyatiga tashrifi chog‘ida armiya ixtiyoriga topshirilgan yangi harbiy samolyotlar bilan tanishdi va ulardan birida parvoz qildi. Bu haqdagi reportaj Turkmaniston telekanallari orqali namoyish etildi, deb yozadi Interfaks.

Xabarda aytilishicha, harbiy uchuvchi libosini kiygan Berdimuhamedov A-29A Super Tucano yengil qiruvchi samolyotini boshqargan.
U ikkinchi uchuvchi kabinasida o‘tirib sahro va chegara atrofidagi tog‘lar hamda Kaspiy dengizi uzra parvoz qilgan.

Sinov parvozidan so‘ng u mudofaa vaziri Begench Gundog‘diyevning prezident kiygan uchuvchilar libosini Ashxobodda qurilayotgan Berdimuhammad Annayev (Gurbanguli Berdimuhamedovning bobosi) nomidagi harbiy maktab muzeyiga topshirish to‘g‘risidagi iltimosiga rozilik bergan.

Xorij nashrlarining ma’lumot berishicha, A-29A Super Tucano qiruvchi samolyoti Braziliyaning “Embrayer” firmasi tomonidan YEMV-314 o‘quv-mashg‘ulot samolyoti negizida ishlab chiqilgan. U havo kengliklarini himoya qilish, razvedka olib borish, quruqlikdagi qo‘shinlarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan.

Samolyot ekipaji ikki kishidan iborat, maksimal parvoz tezligi 560 km/s, maksimal parvoz balandligi 10600 metrni tashkil etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidenti yangi qiruvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi