15:27 / 06.08.2021
2 192

«Avaza» sayyohlik zonasida norasmiy uchrashuv o‘tkazgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari


Foto: Facebook / Berik Uali
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Turkmanistondagi «Avaza» milliy sayyohlik zonasida norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Prezidentlar uchrashuvi tasvirlangan suratlar Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibining Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingan.

«Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi», — deyiladi suratlar ostidagi izohda.

E’lon qiligan suratlarda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov hamda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni ko‘rish mumkin.

Foto: Facebook / Berik Uali

Foto: Facebook / Berik Uali

Foto: Facebook / Berik Uali

Foto: Facebook / Berik Uali

Foto: Facebook / Berik Uali

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Eslatib o‘tamiz, 5 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti «Avaza» milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Turkmanboshiga yetib borgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo