09:10 / 08.08.2021
2 512

Italiyaning Neapol shahrida mafiyaning 70 yoshli ayol rahbari hibsga olindi


Mariya Lichchardi
Foto: Keystone Press Agency

7 avgust kuni Italiyaning Neapol shahridagi «Champino» aeroportida mamlakatdagi katta jinoiy guruhlardan birining yetakchisi Mariya Lichchardi Ispaniyaga qochishga urinayotgan vaqtida hibsga olindi, deya xabar qildi «Interfaks».

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 70 yoshli «pikoletta» (italyan tilida qizaloq ma’nosini bildiradi) Italiyadagi eng qudratli mafiya guruhlaridan biri «Kamorra» asoschisi Jennaro Lichchardining singlisi.

Mariya Lichchardi sakkiz yil qamoq jazosini o‘tagan va 2009 yilda ozodlikka chiqarilgan. Ayol ozodlikka chiqqanidan keyin mafiya boshqaruvini o‘z nazoratiga olgan.

Mariya Lichchardiga mafiya guruhiga aloqadorlik, shuningdek, moliyaviy firibgarliklar va kimoshdi savdolaridagi tovlamachiliklar yuzasidan ayblovlar e’lon qilingan.

2021 yil may oyida Yevropada 31 nafar mafiya a’zosi hibsga olingani, dunyodagi eng yirik qurol sotuvchilardan biri qo‘lga tushgani, martda esa Yevropa mafiyasining eng ko‘p qidirilayotgan boshliqlaridan biri Ispaniyada ushlangani haqida xabarlar berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyaning Neapol shahrida mafiyaning 70 yoshli ayol rahbari hibsga olindi