10:10 / 08.08.2021
2 169

Afg‘onistonning yetakchi partiyalaridan biri xalqni toliblarga qarshi kurashga safarbar qilmoqchi


Foto: Reuters
Afg‘oniston yetakchi partiyalardan bo‘lgan "Jamiyati Islomi" partiyasi raisi Salohuddin Rabboniy partiyaning harbiy rahbarlari bilan o‘z tarafdorlarini "Tolibon" harakati jangarilariga qarshi kurashga chorlash masalasini muhokama qildi.

"General Mir Omonulla Guzar va general Jonahmad Haqju bilan uchrashuvlarda partiya boshqaruv kengashi a’zolari bilan birgalikda mamlakatdagi siyosiy vaziyatni xavfsizlik nuqtayi nazaridan muhokama qildik", - deb ma’lum qildi Rabboniy.

"Biz shuningdek, xalqni qay tarzda mudofaa va xavfsizlik tuzilmalariga yordam berishga safarbar qilish masalasini ham muhokama qildik", - dedi u.

"Jamiyati Islomi" partiyasining qurolli otryadlari 2001 yilga qadar toliblarga qarshi asosiy koalitsiya deb hisoblab kelingan.

Oxirgi kunlarda toliblarning Afg‘onistondagi harbiy mavqeyi kuchayib bormoqda, ular ikkita viloyat markazi ustidan nazorat o‘rnatgani aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo