Afg‘oniston moliya vaziri vazifasini bajaruvchi Xolid Painda «Tolibon» hujumlari kuchayishi fonida mamlakatni tark etdi, deb xabar berdi TOLO News telekanali o‘z manbalariga tayanib.
Moliya vazirligi maktubida aytilishicha, sakkiz oy avval ushbu lavozimni egallagan Painda rasmiy tashrif doirasida mamlakatdan chiqib ketgan. Paindaning o‘rnini uning o‘rinbosari egallagan. Telekanal manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Xolid Painda Afg‘onistonga qaytmaydi.
TOLO News suhbatdoshlari Paindaning Afg‘onistonni tark etishini mamlakatdagi to‘qqizta asosiy port «Tolibon» nazoratiga o‘tgani bilan bog‘lamoqda, bu davlat daromadlarining teng yarmiga kamayishiga olib kelgan.
Toliblar 6 avgustdan buyon to‘qqizinchi shaharni qo‘lga kiritdi. Badaxshon viloyati markazi Fayzobod shahri ham ular nazoratiga o‘tdi. Avvalroq «Tolibon» Farah, Puli-Xumri, Saripul, Shibirg‘on, Aybak, Qunduz, Talukan va Zaranj shaharlarini egallagandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi