21:48 / 13.08.2021
1 993

JSST koronavirus kelib chiqishini o‘rganish uchun yangi guruh tuzadi

JSST koronavirus kelib chiqishini o‘rganish uchun yangi guruh tuzadi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yangi viruslarni, jumladan, SARS-CoV-2 ni o‘rganish uchun yangi maslahat guruhini tuzmoqda. Bu haqda tashkilotga tayanib, «RBK» xabar berdi.

«Yangi patogenlarning kelib chiqishi bo‘yicha xalqaro ilmiy maslahat guruhi (SAGO) JSST uchun yangi maslahat guruhi bo‘ladi. U JSSTga pandemiya salohiyatiga ega yangi patogenlar paydo bo‘lishini tizimli tekshirish uchun global asosni ishlab chiqish bo‘yicha maslahat berishga mas’ullik qiladi. SARS-CoV-2 ga kelsak, bu 2021 yil mart oyidagi hisobotda tavsiya etilgan tezkor tadqiqotlarni osonlashtiradi»,— deyiladi JSST bayonotida.

Tashkilot SAGO’da ishtirok etish uchun ochiq tanlov e’lon qildi va a’zo davlatlarning barchasi unga javob berishiga umid qilmoqda. JSST Xitoyda SARS-CoV-2 ning kelib chiqishini tekshirish bo‘yicha avvalgi missiyalarini davom ettirish, shuningdek, SARS-CoV, MERS-CoV, parranda grippi, Lassa va Ebola qo‘zg‘atuvchilarining kelib chiqishini tekshiruvchi boshqa missiyalarni davom ettirish niyatida.

JSST koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha tadqiqotlarning birinchi bosqichi to‘g‘risidagi hisobotda har qanday gipotezani rad etish uchun yetarli ilmiy ma’lumotlar yo‘qligi aytilganini esladi.

«Xususan,‘laboratoriya gipotezasi’ni ko‘rib chiqish uchun barcha ma’lumotlarga ega bo‘lish, eng yaxshi ilmiy amaliyotni hisobga olish va JSSTda mavjud bo‘lgan mexanizmlarni o‘rganish juda muhim», — deya ta’kidlandi tashkilotda.

12 avgust kuni JSSTning Xitoydagi missiyasini boshqargan mutaxassisi Piter Embarek Uxanda COVID-19 bilan kasallangan «dastlabki bemor» — tadqiqot o‘tkazgan laboratoriya xodimi bo‘lishi mumkinligini tan oldi. Bu haqda Embarek Daniyaning TV2 telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Zararlangan maydondan namuna olish paytida infeksiya yuqtirgan laboratoriya xodimi ehtimoliy farazlardan biriga kiradi. Bu holatda virus odamga ko‘rshapalakdan yuqqan bo‘lishi mumkin. Bunda gap ko‘rshapalaklar bilan muntazam aloqada bo‘lgan qishloq aholisi yoki boshqa odam haqida emas, aynan laboratoriya xodimi haqida ketmoqda», — deya tushuntirdi u.

Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, JSST ekspertlari koronavirusning tarqalishi Uxandagi laboratoriyalarda ko‘rshapalaklar ustida olib borilgan tadqiqotlar bilan bog‘liqligiga bevosita dalil topmagan.

Iyun oyida JSST rahbari Tedros Gebreyesus tashkilot COVID-19 kelib chiqishi bo‘yicha tekshiruvning ikkinchi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qilgandi. Gebreyesus buning uchun Xitoydan oshkoralik va hamkorlik talab etilishini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JSST koronavirus kelib chiqishini o‘rganish uchun yangi guruh tuzadi