
O‘zbekiston, Turkmaniston va Rossiya rasmiylaridan iborat delegatsiya Qatarning Doha shahrida «Tolibon» harakatining siyosiy masalalar komissiyasi rahbari bilan uchrashishdi.
12 avgustda o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Hojiyev va «Tolibon» harakati yetakchilaridan biri Abdul G‘ani Birodar ishtirok etgan.
Muzokarada asosan mintaqaviy masalalar, shuningdek, Afg‘onistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro aloqalari muhokama qilingan.
Keyinroq Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ham Birodar bilan uchrashgan.
Eslatib o‘tamiz, 2 kunlik qattiq janglardan keyin toliblar ikkita yirik shahar — Hirot va Qandahorni qo‘lga olishgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar