
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste’foga chiqish haqida ariza yozdi. Bu haqda mamlakatdagi bir nechta mustaqil manbalar ma’lum qilgan.
«Sputnik Afg‘oniston» telegram kanalida yozilishicha, prezident iste’foga chiqish arizasi yozgani haqida mamlakatdagi bir qator jurnalistlar ijtimoiy tarmoqlarda yoritgan. Jurnalistlar arizani hukumat istagan vaqtda e’lon qilishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.
Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulloh Mohib ham o‘z lavozimidan chetlashtirilgan. Davlat rahbari iste’fosiga faqat vitse-prezident Amrulla Solih qarshi ekani aytilmoqda.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani tez orada ichki siyosiy vaziyatning keskinlashishi munosabati bilan mamlakat aholisiga murojaat qilib, mamlakatni tark etishi mumkinligi ma’lum qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar