19:00 / 15.08.2021
2 156

«Tolibon» Afg‘onistondagi xorijliklardan mamlakatni tark etish yoki ro‘yxatdan o‘tishni so‘ramoqda

«Tolibon» Afg‘onistondagi xorijliklardan mamlakatni tark etish yoki ro‘yxatdan o‘tishni so‘ramoqda
Qandahor, 12 avgust
Foto: AP Photo

«Tolibon» radikal harakati jangarilari Kobul shahrini to‘liq qamrab oldi va poytaxtdagi aeroport hududiga kirmoqda. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, «Tolibon» Afg‘onistonni tark etmoqchi bo‘lgan barcha chet elliklar Kobul aeroporti orqali mamlakatdan to‘siqsiz chiqib ketishiga va’da bermoqda. Qolish istagida bo‘lganlar esa harakat vakillariga uchrashib, ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

«Tolibon» rahbariyati Kobuldagi ta’lim, tibbiyot va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega muassasalar odatiy rejimda o‘z ishini davom ettirishini ma’lum qildi. Radikallar jangarilarning shaharda g‘alaba paradlarini o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da bermoqda.

Ayni vaqtda Afg‘oniston sharqidagi Parvon viloyatining ma’muriy markazi Chorikor shahrida joylashgan qamoqxonadan yuzlab mahbuslar qochib ketdi.

Viloyat politsiyasi boshlig‘i Abdulla Rauf Uruzgani so‘zlariga ko‘ra, qochishga turma direktorining mas’uliyatsizligi sabab bo‘lgan.

Pajhwok agentligi mahalliy manbalariga tayanib yozishicha, qamoqdan qochish u yerdagi qo‘zg‘alon natijasida tashkillashtirilgan. Shu bilan birga, xavfsizlik xizmati xodimlari mahbuslarni o‘qqa tutgan.

Agentlik aniqlik kiritishicha, qamoqxonada 600 ga yaqin odam, shu jumladan, «Tolibon» harakati vakillari ham bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» Afg‘onistondagi xorijliklardan mamlakatni tark etish yoki ro‘yxatdan o‘tishni so‘ramoqda