Foto: James Mackenzie/Reuters
Afg‘oniston sharqidagi Xost viloyatining maxsus qo‘riqlash bo‘linmasi (Khost Protection Force - KPF) “Tolibon” jangarilariga taslim bo‘ldi. Bu haqda afg‘on jurnalistlari ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, KPF AQSH tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, afg‘on hukumati uni nazorat qilmagan.
“Bo‘linma Xost, Paqtiya va Paktika viloyatlarida joylashgan bo‘lib, minglab odamlarni sudsiz qatl etishi bilan ma’lum bo‘lgan”, deb ta’kidlangan jurnalistlardan birining xabarida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, maxsus bo‘linmaning 6 mingga yaqin jangchisi 1200ta avtomobilda Dva Manda uyezdi hududida toliblarga taslim bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘linmaning taslim bo‘lishi videolari e’lon qilingan.
Jurnalistlarning yozishicha, Xost viloyati “Tolibon”ga o‘tganda, KPF jangchilari toliblar o‘ch olishidan xavotirlanib, qo‘shni Paqtiya viloyatiga qochishga uringan. Biroq ular Dva Mandada toliblar tomonidan to‘xtatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi