
Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev «Izvestiya» nashriga bergan intervyusida ayni shu savolga oydinlik kiritib ketgan.
Uning aytishicha, Rossiya armiyasi Afg‘oniston hududiga kirmoqchi emas, aksincha rus hukumati tinch va diplomatik yo‘l bilan nizolarni hal qilish tarafdori.
Petrushevning fikricha, ayni paytda Rossiya oldidan turgan birlamchi masala — Afg‘onistondan keladigan migrantlar olomonini nazorat qilish. Rossiya qochoqlar niqobi ostida terrorchilar kirib kelishi, narkotik va qurol kontrabandasidan xavotirlanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar