08:08 / 21.08.2021
2 331

Erdo‘g‘an: Turkiya Yevropaning migrantlar saqlanadigan «omborxonasi» emas!

Erdo‘g‘an: Turkiya Yevropaning migrantlar saqlanadigan «omborxonasi» emas!
Turkiya Yevropa uchun migrantlar saqlanadigan «omborxona» rolini o‘ynamaydi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara bunday majburiyat yoki mas’uliyatni zimmasiga olmagan.Turkiya prezidenti Afg‘onistondagi vaziyatga ham to‘xtalib o‘tdi.

Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya agar zarur bo‘lsa «Tolibon» shakllantirgan hukumat bilan muloqotga kirishadi, chunki Afg‘onistonning barqarorligi va xavfsizligi Anqaraning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Uning qayd etishicha, Afg‘onistonda 5 ming nafarga yaqin turkiyalik fuqarolar yashaydi. Ularning 500 nafarga yaqini Turkiyaga olib kelingan. Turkiya ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Turkiyada 300 ming nafarga yaqin afg‘onistonlik migrantlar bor.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo