Foto: «Allegroplus.ru»
The Economist Intelligence Unit ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng xavfsiz shaharlar reytingi yangilandi. 2021 yilda Daniya poytaxti Kopengagen 82,4 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi.
Mutaxassislar shaharlarni raqamli ma’lumotlar xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, atrof-muhit va shaxsiy xavfsizlik kabi toifalar bo‘yicha baholab, reyting tuzib chiqishdi. Barcha ko‘rsatkichlardagi ballar yig‘indisi bo‘yicha Daniya poytaxtidan tashqari Toronto (82,2 ball) va Singapur (80,7 ball) birinchi uchtalikka kirdi. Sidney (Avstraliya), Tokio (Yaponiya), Amsterdam (Niderlandiya), Vellington (Yangi Zelandiya), Gonkong (Xitoy), Melburn (Avstraliya) va Stokgolm (Shvetsiya) ham xavfsiz deb topildi.
Rossiya shaharlaridan faqat Moskva reytingga kirdi — u 62,5 ball bilan 38-o‘rinni egalladi. Rossiya poytaxti braziliyalik Rio-de-Janeyro va San-Paulu, shuningdek, Kolumbiyaning Bogota shaharlarini xavfsizlik borasida ortda qoldirdi. Shu bilan birga, Moskva reytingda Dubay (BAA), Pekin (Xitoy) va Istanbul (Turkiya) shaharlariga bas kelolmadi. Reyting oxirida Lagos (Nigeriya), Qohira (Misr), Karakas (Venesuela), Karachi (Pokiston) va Yangon (Myanma) joylashgan.
Har bir toifa yetakchilariga kelsak, ma’lumotlar xavfsizligi bo‘yicha Sidney, sog‘liqni saqlash sohasida esa Tokioga teng keladigani topilmadi. Gonkong infratuzilma xavfsizligi, Kopengagen shaxsiy xavfsizlik bo‘yicha yetakchiga aylandi. Vellington ekologik xavfsizlik borasida hammadan oldinda.
2019 yilda Tokio, Singapur va Osaka The Economist Intelligence Unit reytingida yetakchi bo‘lgandi. Ulardan keyin Amsterdam, Sidney, Toronto, Vashington, Kopengagen, Seul va Melburn o‘rin egallashgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”