Toliblar Panjsher viloyati markaziga hujum boshladi

Toliblar Panjsher viloyati markaziga hujum boshladi
Foto: EPA /TASS
«Tolibon» harakati Panjsher viloyati markazi – Bozorak shahriga hujum boshladi. Bu haqda AfghanUrdu resursi xabar bermoqda.

«Hozirda toliblar uch tarafdan poytaxt Bozorakka hujum qilmoqda. «Tolibon» Panjsherda va poytaxt tomon harakatlanmoqda», — deyiladi xabarda.

Toliblar avvalroq viloyatdagi yetti tumandan to‘rttasini o‘z nazoratlariga olganini ma’lum qilgandi.

O‘z navbatida, Panjsherdagi qarshilik kuchlari vakili Fohim Dashtiy bu xabarni rad etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblarning hujumlari qaytarilgan, front vodiyga kirishdagi barcha yo‘llar ustidan nazoratni saqlab qolgan.

Panjsher hozirda toliblar nazoratiga o‘tmagan yagona viloyat bo‘lib turibdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar