Foto: Getty Images.
AQSHning «Travel and Leisure» jurnali Istanbulni Yevropaning birinchi raqamli shahri deb e’lon qildi. Turizm yo‘nalishidagi yetakchi sanalgan jurnal «World's Best Awards 2021» tanlovi doirasida joriy yil 11 yanvardan 11 mayga qadar minglab sayyohlar ishtirokida ijtimoiy so‘rov o‘tkazgan.
Sharqu G‘arb chorrahasida joylashgan Istanbul 91,32 ball bilan Yevropaning o‘nlab shaharlari orasida eng yaxshi deb topilgan. Keyingi o‘rinlarni Florensiya (Italiya) hamda Krakov (Polsha) egallagan.
«Travel and Leisure» jurnali Istanbulga ta’rif berar ekan, uni uch yirik imperiyaning tarixiy poytaxti deb ataydi.
«Istanbul Rim, Vizantiya hamda Usmoniylar imperiyalari poytaxti bo‘lgan. Ayni choqda, bu shahar betakror zamonaviy madaniyat, arxitektura, tijorat markazlari hamda pazandalik an’analariga ega. To‘pkopi saroyi va Ayo Sofiya jome’si eng mashhur tarixiy obidalar sirasiga kiradi. Shu bilan birga, bu shahar Nishantashidan Galataportiga qadar yoyilgan zamonaviy tijorat mavzesi bilan ham tilga tushgan. Bosfor sohilidagi ko‘p funksiyali majmua esa kema sayohati ishqibozlari xizmatida. Muazzam yangi aeroport shu qadar mehmonnavozlik ko‘rsatadiki, ko‘p sonli mushtariylarimiz safar unutilmas kechganini ta’kidlaydilar», – deyiladi tahririyat maqolasida.
2018 yil 29 oktabrda Istanbulda yangi aeroport foydalanishga topshirildi. «Travel and Leisure» jurnali mazkur havo bandargohini dunyodagi ikkinchi eng yaxshi aeroport deb e’lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSHda chop etiluvchi «Travel and Leisure» jurnali o‘tgan yili O‘zbekistonning turizm salohiyatiga ham katta baho bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi