15:09 / 15.09.2021
1 263

Bill Geyts COVID-19dan o‘n baravar yomonroq pandemiyani yengish yo‘lini aytdi

Bill Geyts COVID-19dan o‘n baravar yomonroq pandemiyani yengish yo‘lini aytdi
Microsoft asoschisi, multimilliarder Bill Geyts insoniyat 100 kun ichida kerakli vaksina yarata olsa, kelajakda paydo bo‘lishi kutilayotgan pandemiyaga tayyor bo‘lishini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha bu yo‘nalishda yetarli kuch yo‘q. Milliarder bilan o‘tkazilgan suhbat Wall Street Journal nashrida chop etilgan.

«Men hozir bo‘lajak pandemiyaga kutganimdan ko‘ra yomon tayyorgarlik ko‘rilayotganidan xavotirdaman», — deydi Geyts nashrga bergan intervyusida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, agar insoniyat 100 kun ichida yangi vaksina yaratib, butun dunyo aholisini yana 100 kunda emlash uchun yetarlicha dori ishlab chiqarsa, insoniyat pandemiyaga tayyor bo‘ladi.

«Bu muammoning yagona haqiqiy yechimi — 100 kun ichida butun dunyo uchun yetarli dozada vaksina ishlab chiqaradigan zavodlarga ega bo‘lish. Buning imkoni bor», - deydi u.

Geyts shuningdek, daromad darajasi har xil bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasida vaksinalarga taqsimlanishida tengsizlikni bartaraf etish zarurligini ta’kidlagan.

Yanvar oyida Geyts dunyo COVID-19dan o‘n baravar yomonroq bo‘lgan keyingi pandemiyaga tayyor emasligini ma’lum qilgandi. Uning fikricha, koronavirus zilzilalar, tornado yoki iqlim o‘zgarishi kabi kundalik hayotning bir qismiga aylanib bo‘lgan. Tadbirkor mamlakatlar kelajakda pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘proq harakat qilishlari kerak, deb ta’kidlagandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Bill Geyts COVID-19dan o‘n baravar yomonroq pandemiyani yengish yo‘lini aytdi
[/banner_pushhouse