09:00 / 21.09.2021
2 001

Erdog‘an: “Islomofobiya virusi juda tez tarqalyapti”

Erdog‘an: “Islomofobiya virusi juda tez tarqalyapti”
Ayni payt AQSHda safarda bo‘lib turgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Nyu-Yorkda “Dunyo yanada odil bo‘lishi mumkin” mavzusida tashkil etilgan konferensiyada qatnashdi.

U bir qator xalqaro masalalar qatorida dunyoda islomofobiya bilan bog‘liq vaziyatga ham to‘xtaldi. Uning ta’kidlashicha, islomofobiya virusi butun dunyoda shitob bilan tarqalmoqda.

Necha yillar davomida demokratiya v erkinliklar beshigi sifatida namuna qilib ko‘rsatib kelingan mamlakatlarda bu virus juda tez yoyilyapti. Islomga dushmanlik va muhojirlarga qarshilik bugungi kunga kelib siyosatni o‘ziga asir qilib oldi. Musulmonlarning kundalik hayotini qiyinlashtiradigan, davlat siyosatini yo‘naltiradigan, ijtimoiy totuvlikka tahdid tug‘diradigan buzg‘unchi oqimga aylandi”, – dedi Turkiya prezidenti.

Uning fikriga ko‘ra, islomofobiya xuddi ISHID singari mafkuraviy fanatizmning o‘zginasi bo‘lib, jamiyatning turli qatlamlarida ildiz otishga ulgurgan. Erdog‘an islomofobiya va toqatsizlikka qarshi kurashda Turkiya faol rol o‘ynayotganini aytib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdog‘an: “Islomofobiya virusi juda tez tarqalyapti”