Liviya sharqidagi qurolli kuchlarning qo‘mondoni Xalifa Haftar 24 dekabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan prezident saylovida nomzod bo‘lish uchun harbiy lavozimlardan vaqtincha iste’fo berganini ma’lum qildi.
Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i Abdurazzoq Nazuriy bugundan e’tiboran 24 dekabrgacha Haftarning o‘rniga bosh qo‘mondon vazifasini bajarib turadi. Shu tariqa Haftar prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar u saylovda mag‘lubiyatga uchrasa, Vakillar palatasi (parlament) saylov to‘g‘risida bir tomonlama qabul qilgan qonunga binoan harbiy lavozimga qayta oladi.
BMT Liviyada Prezident kengashi va Milliy birdamlik hukumatini qonuniy hukumat deb tan oladi, Prezident kengashi raisi Muhammad Manfiy esa Liviya armiyasining bosh qo‘mondoni hisobladi. Ammo Xalifa Haftar bu hukumatni tan olmaydi va shu paytgacha Liviya milliy armiyasi deb ataluvchi qurolli kuchlarning qo‘mondoni bo‘lib keldi. Vakillar palatasi Haftarni qo‘llab-quvvatlab keladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi