Nijnevartovskda (Xanti-Mansi avtonom okrugi) Bahriddin Azimov ismli muhojir rafiqasining tanasini ochishga majbur qilgan shifokorni kaltaklagan.
«Umuman olganda, men ilgari hijobli bemorlar bilan ishlaganman, men uchun odatdan tashqari narsa emas. Tekshiruv uchun men undan qo‘llarini, oyoqlarini va qornini ko‘rsatishini so‘radim. U har biriga 10 santimetr yalang‘och bo‘lishi kerak edi. 30 daqiqadan so‘ng, uning eri “sen ayollarning qorinlariga qarashni yoqtirasanmi?” deb qichqirib, kabinetimga kirdi”, degan kaltaklangan shifokor.
Shifokorni kaltaklagan tojikistonlik migrantning ismi Bahriddin Azimov, u 29 yoshda. Uning aytishicha, shifokor Jirnokleyev uning rafiqasiga klinikada ayol dermatolog yo‘qligini aytgan. Bemor tekshiruvdan bosh tortmoqchi bo‘lgan, ammo shifokor sertifikatsiz ishda muammolarga duch kelishini aytib, uni yechinishga majbur qilgan. So‘ng “shunday chiroyli badanni qopning ichida boshqalardan yashirib yurish kerak emas”, degan. Azimov bunday so‘zlarni haqorat deb bilgan va o‘zini tuta olmagan.
Hodisa yuzasidan «Zo‘ravonlik bilan bezorilik» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, materiallar militsiyadan tergov qo‘mitasiga o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi