20:43 / 26.09.2021
2 430

Masjidul haromdagi pokistonlik farrosh

Masjidul haromdagi pokistonlik farrosh
Ahmad Xon Qandal 1983 yilning adog‘ida, 23 yoshida vatani Pokistondan Makkaga kelganida keyingi hayotini Masjidul haromda o‘tkazishini o‘zi ham bilmagan edi. O‘shanda u ota-onasiga uyga tezroq qaytishga va’da bergandi.

61 yoshli Qandal Masjidul haromda farrosh bo‘lib ishlaydi. «Saudiya Arabistoniga qariyb qirq yil avval kelganman, bu yerda hech qachon o‘zimni begona his qilmadim, – dedi u Arab News nashriga bergan intervyusida. – Masjidul haromda xizmat qilish va namoz o‘qish imkoniyatiga egaligim sababli odamlar meni omadli deb hisoblashadi».

Qandalning aytishicha, u podshoh Fahd davrida Ka’bani qayta tiklash ishlariga guvoh bo‘lgan. Buni hayotidagi eng muhim va yorqin pallalardan biri deb hisoblaydi. Uning ikki o‘g‘li va bir qizi bor. O‘g‘illaridan biri ham Masjidul haromda, elektr ta’minoti bo‘limida ishlaydi, qolgan farzandlari Pokistonda yashaydi.

Ahmad Xon Qandalning orzusi – vafotidan keyin Makkada dafn etilish...

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Masjidul haromdagi pokistonlik farrosh