16:15 / 30.09.2021
1 903

Afg‘onistonlik qochqinlar Polshaga kiritilmayapti

Afg‘onistonlik qochqinlar Polshaga kiritilmayapti
Amnesty International tashkiloti Polshani himoyaga muhtoj qochqinlarni o‘z hududiga kiritishga chaqirdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘nlab afg‘onistonlik qochqin Belorussiya – Polsha chegarasida qolib ketgan.

18 avgustdan beri 32 nafar afg‘on chegarada og‘ir sharoitlarda yashashiga to‘g‘ri kelmoqda. Qochqinlar orasida ayollar va 15 yashar qiz ham bor. Amnesty International tashkilotining Bryusseldagi vakili Iv Geddi afg‘onistonliklar majburlab Belorussiyaga qaytarilganini ma’lum qildi.

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari hamda boshqa fotosuratlar va videotasvirlar orqali muhojirlar guruhi bir kechadayoq Polsha hududidan Belorussiyaga o‘tkazib yuborilgani aniqlandi. Shu orqali Polsha boshpana so‘rovchilarning huquqini qo‘pol ravishda buzgan”, – dedi u.

Iv Geddi Polsha hukumati qochqinlarni vaqtinchalik turar joy, oziq-ovqat, tibbiy xizmat va advokat bilan ta’minlashi zarurligini ta’kidladi. Amnesty International tashkiloti bu masalada Polshaning ustidan Yevropa inson huquqlari sudiga shikoyat kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Polsha hukumati 2 sentabr kuni Belorussiya bilan chegara hududlarida favqulodda holat e’lon qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonlik qochqinlar Polshaga kiritilmayapti