Foto: Council of Europe
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy Polshaning Kazimir Pulavskiy nomli fondi tomonidan ta’sis etilgan «Ozodlik ritsari» mukofoti laureatiga aylandi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
«Ozodlik ritsari» mukofoti 2005 yildan buyon «butun dunyoda demokratiya, erkinlik va tenglik taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan» kishilarga beriladi. Ilgari, ushbu mukofotga loyiq topilgan yagona rossiyalik Mixail Xodorkovskiy edi.
Taqdirlash marosimi 5 oktabr kuni Varshavada bo‘lib o‘tadi. «Iv Roshe» ishi bo‘yicha koloniyada jazo o‘tayotgan Navalniyning o‘rniga mukofotni uning safdoshlari Vladimir Milov va Leonid Volkov qabul qiladi.
Ma’lumot uchun Kazimir Pulavskiy fondi Polshaning tashqi siyosat va xalqaro xavfsizlik masalalariga ixtisoslashgan tahlil markazi. Fond XVIII asrda fidoyilik ko‘rsatgan polshalik general Kazimir Pulavskiy nomi bilan ataladi. Fond tarkibida 60 nafar ekspert bor, ularning asosiy tadqiqot yo‘nalishlari Rossiya va possovet hududidir. Har yili fond Varshava Xavfsizlik forumini o‘tkazadi, unda Yevropa Ittifoqi va NATO mamlakatlari vakillari ishtirok etadi.
Shu yilning boshida Aleksey Navalniy Boris Nemsov nomidagi fond mukofotiga (u mukofot pulni siyosiy mahbuslarning oilasiga topshirgan) va Jeneva Inson huquqlari forumi mukofotiga laureat bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?