
Foto: Glamour
Reper Eminem bolaligining aksariyat qismi o‘tgan Detroyt shahrida Mom’s Spaghetti nomli tamaddixona ochdi.
Restoran ochilishiga bir necha soat qolganda u yerda reperning muxlislaridan iborat uzun navbatni ko‘rish mumkin bo‘lgan. Eminemning shaxsan o‘zi yeguliklarni uzatganida mehmonlar hayratini yashira olmagan. Ilk tashrif buyuruvchilarga shaxsan o‘zi xizmat ko‘rsatgan reper ular bilan birga selfiga ham tushgan.

Foto: Glamour
Taomnomadan spagetti, qiymali sharchalar va spagetti hamda spagetti-sendvich singari taomlar o‘rin olgan. Restoranning bunday noodatiy nomi Eminemning «Sakkizinchi milya» filmi uchun kuylagan Lose Yourself qo‘shig‘ining matnidan olingan. Karerasidagi eng muvaffaqiyatli qo‘shiqlardan sanalgan ushbu ijod mahsuli xonandaga ko‘plab mukofotlar, xususan, «Oskar», «Gremmi» va «Oltin globus» berilishiga sabab bo‘lgan.

Foto: Glamour “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar