23:26 / 04.10.2021
1 834

Saakashvili ozod etilmaguncha ochlikni davom ettirishini aytdi

Saakashvili ozod etilmaguncha ochlikni davom ettirishini aytdi
Foto: Sputnik
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili o‘zi va uning sheriklari sifatida hibsga olingan odamlar ozod etilmaguncha ochlikni davom ettirishga qaror qildi. U 1 oktabrda hibsga olinganidan keyin ochlik e’lon qilgandi. Bu haqda Mtavari Arxi telekanali bosh direktori va Saakashvilining advokati Nika Gvaramiya ma’lum qildi.

Sizga ma’lum, men ochlik e’lon qildim. Shuni bilishingizni istardimki, uni men va meni deb hibsga olingan odamlar ozodlikka chiqmaguncha davom ettiraman. Men hayotni yaxshi ko‘raman, biroq bu ochlik hayotimning oxirigacha davom etadi”, deb Saakashvilining fuqarolarga yo‘llagan yozma murojaatini o‘qib bergan Gvaramiya. U 4 oktabrda Rustavi shahridagi turmada saqlanayotgan sobiq prezident bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan.

Gvaramiyaning aytishicha, Saakashvili ochlik natijasida komaga tushsa, turma shifokorlariga uni hushiga keltirishni taqiqlab qo‘ygan.

Men o‘z oilam va yaqinlarimni xafa qilmoqchi emasman, biroq shifokorlarning hushimni yo‘qotgudek bo‘lsam, tibbiy aralashuv borasidagi takliflaridan bosh tortdim”, deb qo‘shimcha qilgan sobiq prezident.

Bu orada Gruziya bosh prokuraturasi Saakashvili mamlakat chegarasini avval taxmin qilingandek 1 oktabrda emas, balki 29 sentabrda kesib o‘tganini ma’lum qildi. Shundan keyin unga 2 fuqaro Zemo Svaneti qishlog‘iga yetib olishida ko‘mak bergan.

Bu holat yuzasidan 1960 va 1984 yillarda tug‘ilgan ota-bola Sotsoriyalar hibsga olingan. Ular Gruziya g‘arbida joylashgan Poti shahri porti xodimlari hisoblanadi. Avvalroq Saakashvilining Gruziyaga kelishi yuzasidan yana bir kishi - Elguja Somaya hibsga olingandi. Ta’kidlanishicha, sobiq prezident aynan Somayaning yuk mashinasida Gruziyaga kelgan. Somaya, shuningdek, Saakashviliga o‘z uyini berib turgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saakashvili ozod etilmaguncha ochlikni davom ettirishini aytdi