10:04 / 09.10.2021
1 779

Qozog‘istonda it-mushuklarni yeyish qonun bilan taqiqlanadi

Qozog‘istonda it-mushuklarni yeyish qonun bilan taqiqlanadi
Hayvonlarga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Qozog‘istonda hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikning oldini oladi, deb xabar berdi Newtimes.kz.

Itlar janglari, narkozsiz veterinariya operatsiyalari, hayvonlarning sababsiz o‘ldirilishi, hayvonlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasligi, odamlarning iste’moli uchun mo‘ljallanmagan hayvonlarning go‘shti va yog‘idan foydalanish va mahsulot olish kabilar taqiqlanadigan ishlarga kiradi.

Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vitse-vaziri Aliya Shalabekova uy hayvonlari go‘shtidan foydalanish qanday nazorat qilinishi haqida gapirgan.

"Bir kishi itlarni boshpanadan olib ketgan holat bo‘lgan. Aslida, u bu itlarning go‘shtini ovqat uchun ishlatgan. Qonun loyihasiga ko‘ra, adashgan hayvonlarni boshpanalarda saqlash qoidalari ta’minlanadi: agar fuqaro hayvonlar saqlanadigan joylardan uy hayvonini olib ketgan bo‘lsa, boshpana bu it bilan qanday munosabatda bo‘lishini muntazam kuzatib borishi mumkin. Endi biz boshpanadan olib ketilgan hayvonlar ustidan nazorat o‘rnatamiz”, degan u.

Vazir o‘rinbosari qaysi hayvonlarni iste’mol qilish taqiqlanganligi haqidagi savolga, itlar, mushuklar, to‘tiqushlar, bo‘rsiqlar va oq sichqonlar deb javob bergan.

Uy hayvonlari go‘shtini yeyishni hayvonlarning o‘limiga olib kelgan shafqatsiz munosabatga tenglashtirish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda it-mushuklarni yeyish qonun bilan taqiqlanadi