Foto: Vk.com / Ramzan Kadirov
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning to‘ng‘ich qizi, 23 yoshli Ayshat Qodirova respublika madaniyat vaziri lavozimini egalladi. Bu haqda Checheniston parlamenti spikeri Magomed Daudov Instagram’da ma’lum qildi. Bungacha Ayshat madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
“Ayshat o‘z ishiga mas’uliyatli yondoshishi tufayli respublika kutubxonalari, madaniyat uylari va teatrlari rivojiga va Checheniston madaniyat vazirligi faoliyatining barcha yo‘nalishlarida yuqori ko‘rsatkichlarga erishilishiga ulkan hissa qo‘shdi. Ishonchim komil, u ushbu mas’uliyatli lavozimda katta natijalarga erishadi va o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli uddalaydi”, deb yozgan Daudov.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ayshat Qodirova 1998 yilda tug‘ilgan. U Checheniston davlat universitetini tamomlagan, 2016 yildan Firdaws modalar uyi direktori hisoblanadi. Ayshat 2020 yil sentabrdan madaniyat vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat yurita boshlagan.
Ta’kidlanishicha, Qodirovning yana bir qizi – Xadichat 2020 yil dekabrda Grozniy shahrining maktabgacha ta’lim departamenti boshlig‘i etib tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin