Foto: «Ralf Hirschberger / dpa / globallookpress.com»
Saudiya Arabistoni qirollik oilasi AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga soxta yo‘lbars terisidan tikilgan choponlar tuhfa etgan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yili Saudiya Arabistoni rahbari AQSHning o‘sha paytdagi prezidenti Tramp va unga hamroh bo‘lgan kishilarga 80 dan ortiq shohona kiyim-kechaklar, jumladan, qoplon va yo‘lbars terisidan tikilgan choponlar tortiq qilgan.
Prezident vataniga qaytgach, Oq uy agar sovg‘alar haqiqatan ham yovvoyi hayvonlar terisidan tikilgan bo‘lsa, ma’muriyat 1973 yilgi qirilib ketayotgan hayvonlar va atrof-muhit to‘g‘risidagi qonunlarni buzishi mumkinligidan ogohlantirildi.
The New York Times ta’kidlashicha, Oq uy qirollik oilasi hadya qilgan choponlar haqidagi ma’lumotni qariyb to‘rt yil sir saqlagan. Shunga qaramay, 2021 yilda o‘tkazilgan ekspertiza natijalari endigina ma’lum bo‘ldi, hashamatli buyumlar sun’iy matolardan tikilganligi isbotlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi