07:00 / 17.10.2021
1 070

Moskva Markaziy Osiyoga AQSH qo‘shinlari joylashtirilishiga qarshi

Moskva Markaziy Osiyoga AQSH qo‘shinlari joylashtirilishiga qarshi
Markaziy Osiyoga xorijiy harbiy bazalarni joylashtirishning xatari har qanday foydani bosib ketadi va Afg‘onistondagi yirik infratuzilma loyihalariga nuqta qo‘yadi. RIA “Novosti”ning xabar berishicha, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi MDH davlatlari departamenti uchinchi direktori Aleksandr Sternik ana shunday fikr bildirdi.

Chet el harbiy bazasining xatari har qanday foydani bosib ketadi. Keyin Afg‘onistonda gaz quvurlari, elektr uzatish liniyalari, transport yo‘laklari bilan bog‘liq yirik loyihalarga chek qo‘yishimiz kerak bo‘ladi”, – dedi u.

Sternikning aytishicha, Markaziy Osiyo davlatlariga AQSH harbiy bazalarining joylashtirilishi “Tolibon”ning ushbu mamlakatlarga hujumiga turtki berishi mumkin.

Biz terrorizmga qarshi harakatlar bahonasida harbiy va razvedka bazalarini joylashtirish maqsadida ittifoqchilarimizga ko‘rsatilayotgan bosimni o‘ta xavfli deb hisoblaymiz, – dedi Sternik. – Bu ham Markaziy Osiyo davlatlari uchun, ham Rossiya, Xitoy va Eron uchun mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas, chunki biz Markaziy Osiyoda bunday bazalarning joylashtirilishi qanday vazifalarni hal qilishini tushunamiz”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Politico nashri Pentagon rasmiylari shu oyda O‘zbekistonda AQSHning aksilterror kuchlarini joylashtirish imkoniyatlarini muhokama qilishi haqida xabar tarqatgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Moskva Markaziy Osiyoga AQSH qo‘shinlari joylashtirilishiga qarshi