08:43 / 17.10.2021
1 561

«Afg‘onistondagi inqiroz MDH davlatlari xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘diradi» - Imomali Rahmon

«Afg‘onistondagi inqiroz MDH davlatlari xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘diradi» - Imomali Rahmon
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy inqiroz MDH davlatlari xavfsizligiga jiddiy tahdid ekanligini aytdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

«Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy va gumanitar inqiroz mamlakatlarimiz xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘diradi», - deydi Imomali Rahmon.

Tojikiston Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan terroristik guruhlar ro‘yxatiga kiritilgan «Tolibon» harakati hokimiyatga kelishi Tojikiston uchun bu qo‘shni davlatdagi vaziyatni yanada murakkablashtirdi.

Shu nuqtai nazardan, Rahmon MDH mamlakatlarining xavfsizlik tuzilmalarini Afg‘onistondan kelib chiqayotgan tahdidlarga qarshi kurashda yanada yaqinroq muvofiqlashtirishga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Afg‘onistondagi inqiroz MDH davlatlari xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘diradi» - Imomali Rahmon