22:58 / 17.10.2021
2 135

Isroilda rus mafiyasi sardoriga bir qancha ayblovlar qo‘yildi

Isroilda rus mafiyasi sardoriga bir qancha ayblovlar qo‘yildi
Foto: «Fkpke.ru»
Quddusda prokuratura ommaviy axborot vositalari Isroildagi rus mafiyasining yetakchisi deb atagan Mixail Tanskiyni tovlamachilikda, odam o‘g‘irlashda va boshqa bir qator jinoyatlarda ayblagan. Bu haqda newsru.co.il xabar bermoqda.

Shuningdek, uning ikki sherigi Dmitriy Chervinskiy va Vladislav Kozchukga ayblov e’lon qilindi. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilarni qo‘lga olish uchun politsiya maxfiy agentdan foydalanishga majbur bo‘lgan.

Tanskiy va yana 15 kishi 20 sentabrda hibsga olingan. Ular qurol va giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, shantaj, tahdid, reket, qurollardan noqonuniy foydalanish, zo‘ravonlik, odam o‘g‘irlash va noqonuniy ozodlikdan mahrum qilishda ayblanmoqda.

Israelinfo yozishicha, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari 38 yoshli Tanskiyni 2021 yilning yozida hibsga olishga uringan. Ta’kidlanishicha, u Ashdodda Ukrainadan yollangan jangarilarni taklif qilib, jinoiy urush uyushtirgan. Ammo jinoyatchiga qarshi ko‘rsatma berishga jur’at etadigan guvohni topishning iloji bo‘lmagani bois, politsiya faqat Tanskiyni Ashdoddan quvib chiqarishga yerishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroilda rus mafiyasi sardoriga bir qancha ayblovlar qo‘yildi