Foto: «Newsae.ru»
Qirg‘iziston Oliy sudi respublikaning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning 2013 yilda jinoiy to‘da boshlig‘i Aziz Batukayevni noqonuniy ozod qilish haqidagi ishini qayta tikladi. Bu haqda Qirg‘iziston sobiq rahbarining advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, endi Atambayev yana 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgan deb hisoblanadi. Advokatning qo‘shimcha qilishicha, Oliy sud bunday qarorni Bosh prokuraturaning iltimosiga binoan qabul qilgan, ular hukmni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni yolg‘on va o‘ylab topilgan deya hisoblagan.
«Ya’ni, sud jazoni noqonuniy ravishda bekor qilinganiga rozi bo‘ldi», – dedi Slesarev.
Advokatning qo‘shimcha qilishicha, endi Oliy sud yana o‘sha ishni ko‘rib chiqishi va boshqa qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi.
Shu bilan birga, u qaror aslida qabul qilinganini va rasmiy kengash bo‘lishi ehtimoli borligini ta’kidlagan.
Atambayev jinoiy to‘da boshlig‘i Aziz Batukayevni ozod qilgani uchun korrupsiyada ayblanib, 11 yilu ikki oylik qamoq jazosiga hukm qilingan.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti unga qo‘yilgan barcha ayblovlar siyosiy ekanligini da’vo qilmoqda. 2020 yil noyabr oyida sud siyosatchiga hukm sifatida tayinlangan 11 yil va ikki oylik qamoq jazosini bekor qildi. Keyin ish qayta ko‘rib chiqishga yuborildi.
Shu bilan birga, sud 2019 yil yozida Atambayevni Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi qarorgohida ushlab turish paytida boshlangan tartibsizliklar haqidagi sobiq prezidentga qarshi jinoyat ishlarini ko‘rib chiqishni boshladi. Sobiq prezidentga korrupsiya, noqonuniy boylik orttirish, hokimiyatni qo‘lga kiritishni uyushtirish, shuningdek qarshilik paytida tarafdorlari tomonidan maxsus kuchlar askarini o‘ldirish ayblovlari qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi