
Qirg‘iziston hukumati mamlakatda Amerika harbiy bazasini joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti. Bu haqda shanba kuni Bishkekdagi matbuot anjumanida respublika prezidenti Sadir Japarov ma’lum qildi.
"Kantda (Chuy viloyati) Rossiya bazasi bor. Bizga bitta baza yetarli", – dedi u Qirg‘izistonda AQSH harbiy bazasini ochish imkoniyati haqidagi savolga javob berar ekan.
“Biz hududimizda ikkita bazani joylashtirib, nufuzli davlatlar bilan mushuk-sichqon o‘ynashni istamaymiz”, – deya ta’kidladi Japarov Qirg‘izistonda Amerika harbiy bazasi 2014 yilda faoliyatini to‘xtatganini eslatib.
AQSH bazasi Bishkekning Manas aeroportida 2001 yilda ochilgan bo‘lib, Afg‘onistondagi operatsiyani qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan edi. U yerda aksilterror koalitsiyasida ishtirok etuvchi davlatlarning harbiy xizmatchilari va jihozlari joylashtirilgandi. Harbiy baza 2014 yil yozida qirg‘iz tomonining iltimosiga binoan yopildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar