Liviyada pul olib ketayotgan vertolyot stadionga quladi

Liviyada pul olib ketayotgan vertolyot stadionga quladi
Foto: 218tv.net
Liviya poytaxti Tripolidan 80 km uzoqlikda joylashgan Tarxuna shahridagi futbol stadioniga xususiy vertolyot qulab tushdi. Vertolyot shaharga pul yetkazishi kerak bo‘lgan.

“218” telekanalining xabar berishicha, stadion vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchasi sifatida qo‘llangan. Vertolyot ekipaji a’zolari omon qolgan. Ular gospitallardan biriga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yetkazilgan. Hozircha voqeaning tafsilotlari va sabablari ma’lum qilinmayapti.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar