13:37 / 25.10.2021
1 444

Sudanda bosh vazir va hukumatning bir necha a’zosi hibsga olindi

Sudanda bosh vazir va hukumatning bir necha a’zosi hibsga olindi
Foto: Reuters
Sudan bosh vaziri Abdulla Hamdukning uyi harbiylar tomonidan qurshab olinib, bosh vazirning o‘zi uy qamog‘iga olindi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hamduk hukumatidan kamida 4 nafar vazir (aloqa, axborot, sanoat va moliya vazirlari), mamlakatdagi hukmron Mustaqil kengash vakili Muhammad al-Fakiy va Xartum gubernatori Ayman Nimr ham hibsga olingan. Reuters’ning xabar berishicha, hibsga olishlarni taniqlik belgisi bo‘lmagan harbiy kiyimdagi odamlar amalga oshirgan.

Shuningdek, harbiylar poytaxt Xartumga kirish yo‘llarini va ko‘priklarni to‘sib qo‘yishgan, shaharda internet va mobil aloqa o‘chirib qo‘yilgan.

Al Arabiya ushbu voqealar Hamduk Mustaqil kengash rahbari Abdulfattoh al-Burxon bilan uchrashgandan keyin boshlanganini ma’lum qildi. Ushbu uchrashuvda boshqa masalalar qatorida Sudanga oktabr boshida kelgan AQSHning Afrika shoxi davlatlari bo‘yicha maxsus elchisi Jeffri Feltmanning taklifi ham muhokama qilingan. AQSH davlat departamentida ta’kidlanishicha, Feltman AQSH Sudandagi siyosiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashini va mamlakatga Vashington tomonidan siyosiy hamda iqtisodiy ko‘mak ko‘rsatilishi o‘tish davrida Xartum o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishiga bog‘liqligini aytgan.

Telekanalning xabar qilishicha, al-Burxon tez orada mamlakatda yuz berayotgan voqealar bo‘yicha bayonot beradi.

Sudanda 2018 yil dekabrda boshlangan norozilik namoyishlaridan keyin 2019 yil aprelda harbiy to‘ntaruv amalga oshirilib, mamlakatni deyarli 30 yil boshqargan Umar al-Bashir o‘z lavozimidan chetlatilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sudanda bosh vazir va hukumatning bir necha a’zosi hibsga olindi