1 676
Erondagi viloyatlardan birining gubernatoriga inauguratsiyasi vaqtida tarsaki tushirildi
Foto: theguardian.com
Eron viloyatlaridan birining gubernatori Obiddin Xurram o‘z inauguratsiyasi vaqtida noma’lum erkak tomonidan tarsaki yedi. Ushbu voqea videosini The Guardian nashri e’lon qilgan.
Xurram sahnadagi minbardan turib so‘zlayotganda, uning yoniga bir erkak ko‘tarilib, yuziga tarsaki tushirib qolgan. Vaziyatga qo‘riqchilar aralashib, erkakni olib ketishgan.
Ta’kidlanishicha, voqeadan keyin gubernator minbar yoniga qaytib, o‘z nutqini davom ettirgan. U hujum qilgan erkakni tanimasligini va uni kechirishini aytgan.
Bu orada The Guardian’ning IRNA axborot agentligiga tayanib xabar berishicha, siyosatchiga tarsaki tushirgan erkak Xurram rahbarlik qilgan “Ashuro” gvardiya korpusi a’zosi bo‘lgan. Agentlikning ma’lum qilishicha, erkak siyosatchiga “shaxsiy sabablarga” ko‘ra tarsaki tushirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xurram gubernator lavozimini egallashidan oldin Islom inqilobi muhofizlari korpusining Sharqiy Ozarboyjon viloyatidagi kuchlariga qo‘mondonlik qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi