Afg‘onistonda avvalgi hukumatning qulashi afg‘on xalqiga faqat zarar keltirdi. Bu haqda yakshanba kuni TOLOnews telekanaliga bergan intervyusida «Tolibon» harakati vakili Zabihulloh Mujohid aytib o‘tdi.
«Menimcha, rejimning qulashi Afg‘oniston xalqiga faqat zarar yetkazdi, chunki agar urush to‘xtatilganida va biz muzokaralarda sezilarli yutuqlarga erishganimizda, vaziyat hozirgidan yaxshiroq bo‘lardi. Natijada institutlarning qulashi va mamlakatdan odamlarning qochib ketishining oldini olish mumkin edi», – dedi u.
Bundan tashqari, Mujohid xalqaro hamjamiyatning «Tolibon» tomonidan tuzilgan hukumatning inklyuziv emasligi haqidagi ayblovlarini rad etdi.
«Agar biz turli xalqlarning ishtiroki haqida gapiradigan bo‘lsak, hozirgi hukumatga turli etnik guruhlarni kiritganmiz va ularga tegishli vakolatlar berilgan. Ayrim shaxslarni kiritish haqida gapirish esa noto‘g‘ri», – dedi Zabihulloh Mujohid.
U AQSHni moliyaviy yordamni to‘xtatganini tanqid qilar ekan, Vashington boshqa davlatlarni ham Afg‘onistondagi muvaqqat hukumatni tan olmaslikka undayotganini aytdi. «Bilamiz, buning ortida AQSH turibdi», – deya ta’kidladi «Tolibon» vakili. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi