10:40 / 28.10.2021
2 759

AQSHning Chikago shahri yo‘q bo‘lib ketishi mumkin

AQSHning Chikago shahri yo‘q bo‘lib ketishi mumkin
So‘nggi besh yil ichida kuchli yog‘ingarchilik bo‘lib, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq holatlar natijasida AQSHning Chikago shahri yo‘q bo‘lib ketishi bashorat qilinmoqda. Bu haqda CNBCga asoslanib Mir24 telekanali ma’lum qilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, nafaqat tez-tez yog‘adigan yog‘ingarchilik, balki qurg‘oqchilik ham shaharga jiddiy zarar yetkazmoqda. Bu mahalliy Chikago daryosi va Michigan ko‘lidagi suv sathining keskin o‘zgarishiga olib keladi. Shaharda toshqin chog‘ida ishga tushadigan tizim mavjud, ammo yaqin yillarda shunday kuchli yomg‘ir yog‘diki, birinchi marta bu tizim ishlamagan.

O‘tgan qish mavsumida kuchli yomg‘irlar fonida ko‘lda suv sathi rekord darajaga yetgan. Shu sababli paydo bo‘lgan to‘lqinlar mahalliy avtomobil yo‘lini va shahardagi binolarning uchinchi qavatiga ko‘tarilgan. Daryo toshqini oqibatida Chikago shahar markaziga elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilgan.

Mutaxassislarning fikricha, iqlim o‘zgarishi kuchli yog‘ingarchilikni keltirib chiqarmoqda, bu esa kelajakda Chikago uchun yanada halokatli oqibatlarga olib keladi. Ularning fikricha, eng katta xavf tabiiy o‘zgarishlarning suv sathiga ta’sir qilishi, shahar infratuzilmasi, qirg‘oqlari va uy-joylari endi bu o‘zgarilarga bardosh bera olmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning Chikago shahri yo‘q bo‘lib ketishi mumkin