So‘nggi besh yil ichida kuchli yog‘ingarchilik bo‘lib, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq holatlar natijasida AQSHning Chikago shahri yo‘q bo‘lib ketishi bashorat qilinmoqda. Bu haqda CNBCga asoslanib Mir24 telekanali ma’lum qilmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, nafaqat tez-tez yog‘adigan yog‘ingarchilik, balki qurg‘oqchilik ham shaharga jiddiy zarar yetkazmoqda. Bu mahalliy Chikago daryosi va Michigan ko‘lidagi suv sathining keskin o‘zgarishiga olib keladi. Shaharda toshqin chog‘ida ishga tushadigan tizim mavjud, ammo yaqin yillarda shunday kuchli yomg‘ir yog‘diki, birinchi marta bu tizim ishlamagan.
O‘tgan qish mavsumida kuchli yomg‘irlar fonida ko‘lda suv sathi rekord darajaga yetgan. Shu sababli paydo bo‘lgan to‘lqinlar mahalliy avtomobil yo‘lini va shahardagi binolarning uchinchi qavatiga ko‘tarilgan. Daryo toshqini oqibatida Chikago shahar markaziga elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilgan.
Mutaxassislarning fikricha, iqlim o‘zgarishi kuchli yog‘ingarchilikni keltirib chiqarmoqda, bu esa kelajakda Chikago uchun yanada halokatli oqibatlarga olib keladi. Ularning fikricha, eng katta xavf tabiiy o‘zgarishlarning suv sathiga ta’sir qilishi, shahar infratuzilmasi, qirg‘oqlari va uy-joylari endi bu o‘zgarilarga bardosh bera olmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi