13:30 / 30.10.2021
1 767

Guantanamo mahbusi qiynoqlar haqida gapirib berdi

Guantanamo mahbusi qiynoqlar haqida gapirib berdi
Amerikaning Guantanamodagi qamoqxonasi mahbusi, “Al-Qoida”ga yordam berishda ayblangan Majid Xon AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) tergovchilari so‘roq paytida qo‘llagan shafqatsiz qiynoqlar haqida gapirdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Majid Xonning aytishicha, u tergov bilan hamkorlik qilishga tayyor bo‘lishiga qaramay MRBning “qora nuqta” deb ataluvchi yer osti inshootida uzoq vaqt qiynoqqa solingan: bir necha kunlab yalang‘och holda shiftga osib qo‘yilgan, sovuq suv sepilgan va uxlashiga ruxsat berilmagan, och qoldirilgan, boshi suvga tiqilgan, kaltaklangan va zo‘rlangan. “Men o‘laman deb o‘yladim. Ulardan to‘xtashlarini iltimos qildim va hech narsa bilmayman deb qasam ichdim. Qanchalik ko‘p hamkorlik qilsam va gaplashsam, shunchalik ko‘p qiynoqqa solindim”, – dedi u.

Majid Xon 2006 yil sentabrida Guantanamoga jo‘natilguniga qadar MRBning maxfiy ob’ektida taxminan uch yil saqlangan. O‘zining aytishicha, bu vaqt davomida yorug‘likni ko‘rmagan, qo‘riqchilar va tergovchilardan boshqa hech kim bilan gaplashmagan.

41 yoshli Xon “Al-Qoida”ning kureri bo‘lganini, amalga oshmagan bir qancha fitnalarni rejalashtirishda ishtirok etganini tan oldi. 2012 yil fevralida u fitna, qotillik va terrorizmga moddiy yordam berish kabi ayblovlarni tan olgan.

U 25 yildan 40 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tergov bilan hamkorlik qilgani evaziga jazo muddati qisqartiriladi, qolaversa, 2012 yildan beri qamoqda o‘tkazgan vaqti ham hisobga olinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Guantanamo mahbusi qiynoqlar haqida gapirib berdi