Kelgusida O‘zbekiston fuqarolari Rossiya hududida ro‘yxatdan o‘tmasdan 7 kundan 15 kungacha bo‘lgan muddat davomida mehnat faoliyatini davom ettirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasida qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori 2021 yilning 17 iyun kuni Toshkent va Moskva shaharlarida diplomatik kanal orqali imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududida va Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishlari tartibi to‘g‘risida”gi bitimni tasdiqlashni nazarda tutadi.
Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi hududida ro‘yxatdan o‘tish tartibi RF vakolatli organlari tomonidan qiyinlashtirilishi (mehnat faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha patent rasmiylashtirish) ushbu davlat hududida o‘z mehnat faoliyatini olib borayotgan migrantlarga bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Natijada ular migratsiya sohasida huquqbuzarliklarni sodir etmoqda.
Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan mazkur bitim ishlab chiqilib, tomonlar ichki ishlar vazirlari darajasida imzolandi.
Mazkur bitim kelgusida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Rossiya Federatsiyasi hududida ro‘yxatdan o‘tmasdan 7 kundan 15 kungacha bo‘lgan muddat davomida mehnat faoliyatini davom ettirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirishiga imkon beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?