Foto: Esquire
2019—2020 yillar Avstraliyadagi o‘rmon yong‘ini vaqtida yuzdan ortiq koalalarni qutqargan 6 yashar Ayiq (Bear) laqabli it, Xalqaro hayvonlarni muhofaza qilish jamg‘armasi (IFAW) tomonidan taqdirlandi. Bu haqda Good News Network ma’lum qildi, deb yozadi Esquire.
Ta’kidlanishicha, mukofot Londondagi lordlar palatasida topshirilgan. «Ayiqning shaxsan o‘zi ishtirok eta olmadi, ammo biz mazkur tennis to‘pini topshirish orqali u o‘zini qadrli his qilishi uchun g‘amxo‘rlik qildik», — deyiladi it nomidan ochilgan Instagram sahifasida. Qo‘shimcha qilinishicha, Ayiq jamg‘arma mukofotidan tashqari, shirinlik va boshqa o‘yinchoqlar bilan ham siylangan.
U bugungi kunda koalalarni qidirish va ularni qutqarish bilan mashg‘ul. Qutqaruvchi sifatidagi faoliyatidan avval u hayvonlar uchun mo‘ljallangan boshpanada yashagan. Uning bu yerga kelib qolishiga energiyaga to‘la ekani va tinimsiz o‘ynashi sabab bo‘lgan. Gap shundaki, eski egasi ta’kidlangan sabablar tufayli uni topshirib yuborgan. Ko‘p o‘tmay uni Avstraliyaning Sanshayn Kosta universitetiga o‘rgatish uchun yuborilgan. Shundan keyin u koalalarni kullar orasidan hidlab topadigan mamlakatdagi yagona itga aylangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?