14:12 / 03.11.2021
2 061

Qozog‘istonga kelgan etnik qozoqlarning yarmidan ko‘pi O‘zbekistondan ekani ma’lum bo‘ldi

Qozog‘istonga kelgan etnik qozoqlarning yarmidan ko‘pi O‘zbekistondan ekani ma’lum bo‘ldi
Foto: gov.kz
Joriy yil boshidan buyon 15 903 nafar etnik qozoq o‘z tarixiy vataniga qaytib, «qondosh» maqomini oldi. Bu haqda Qozog‘iston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi xabar berdi.

Vazirlikning qayd etishicha, 1991 yildan beri Qozog‘istonga 1,8 million etnik qozoq qaytib kelgan.

Yil boshidan buyon Qozog‘istonga kelgan etnik qozoqlarning yarmidan ko‘pi O‘zbekistondan ekani aytilgan - 76,3 foiz, Xitoydan - 9,5 foiz, Turkmanistondan - 6,1 foiz, Mo‘g‘ulistondan - 2,5 foiz va 5,5 foizi boshqa davlatlardan.

Vataniga qaytgan etnik qozoqlar quyidagi hududlarda joylashtirildi:
Almati viloyatida (28,3 foiz);
Mang‘istau viloyatida (19,1 foiz);
Turkiston viloyatida (13,4 foiz);
Jambil viloyatida (8 foiz);
Chimkent shahrida (10,5 foiz).

«Qondosh» maqomini olganlar orasida ko‘chib kelganlarning 55 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar, 28,1 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 16,8 foizi pensionerlardir.

Ma’lumot darajasi bo‘yicha mehnatga layoqatli etnik qozoqlarning 11,1 foizi oliy ma’lumotli, 40,1 foizi o‘rta maxsus, 45,5 foizi umumiy o‘rta ma’lumotli, 3,4 foizi hech qanday ma’lumotga ega emas.

Qozog‘istonda «oralman» atamasi «qondosh» so‘zi bilan almashtirildi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev tegishli qonunni imzolagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonga kelgan etnik qozoqlarning yarmidan ko‘pi O‘zbekistondan ekani ma’lum bo‘ldi