Foto: Getty Images
Polsha hududiga Belarusdan chegaradagi to‘siqlarni buzib, bir necha o‘n migrant o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda chegarachilarga tayanib Polsha radiosi xabar berdi.
Polsha chegara xizmati vakili Katajina Zdanovichning ma’lum qilishicha, migrantlar Polshaga chegaraning Byaloveja va Krinkidagi qismi orqali o‘tgan. Ba’zi muhojirlarni Belarusga qaytarishga muvaffaq bo‘lingan, biroq qolganlari qidirilmoqda.
Shu bilan birga, yuzlab migrantlar to‘plangan Kuznitsadagi chegara punktida vaziyat osoyishta qolmoqda.
“Bugun migrantlar belaruslardan yegulik oldi. Ularda chodirlar, uxlash uchun qoplar bor, kechasi ular isinish uchun gulxan yoqmoqda. Ular ortidan Belarus xizmatlari kuzatuv olib bormoqda”, deb aytilgan xabarda.
Polsha chegara xizmatida ta’kidlanishicha, 8 noyabrdan beri respublika chegarasi yaqinida 2-4 minggacha muhojir to‘plangan. Ular Yevropa Ittifoqi hududiga o‘tishga harakat qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi