Foto: AP
Ozarboyjon mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlarining 60 nafarga yaqin harbiylari ikki davlat chegarasining Lochin uchastkasida qurshovga olingani, keyinroq Rossiyaning iltimosiga binoan qo‘yib yuborilganini ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, arman harbiylari ikkita yuk avtomobilida Lochin tumanidagi Qorako‘l ko‘li yo‘nalishida harakatlangan va Ozarboyjon pozitsiyalariga olib boradigan yo‘lga joylashishgan. Ular yo‘lni metall konstruksiyalar bilan to‘sib olishgan.
“Ozarboyjon armiyasi bo‘linmalarining ko‘rgan choralari natijasida 60 nafarga yaqin arman harbiylari qurshovga olindi, ularning harakati cheklandi va chorshanba kuni Rossiya tomonining iltimosi inobatga olinib, ularning ortga qaytishlari uchun imkoniyat yaratildi”, — deyiladi Ozarboyjon mudofaa vazirligi xabarida.
Ta’kidlanishicha, “bunday ig‘vogarliklar takrorlangan taqdirda yanada keskin choralar ko‘riladi”. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi